Foydalanish shartlari
1. Platformaning vazifasi
Karvon— faqat e'lonlar doskasi. Platforma ijaraga beruvchi va oluvchini bog'laydi, xolos. Oldi-berdi, to'lov, shartnoma, sug'urta va hujjatlar bilan bog'liq barcha ishlar tomonlarning o'z zimmasida.Karvon hech qanday bitimning ishtirokchisi emas.
2. E'lonlar mazmuni
Platforma e'lonlar mazmuni va haqqoniyligi uchun javobgar emas. Har bir foydalanuvchi o'zi joylagan e'lon uchun o'zi javob beradi. E'lonlardagi ma'lumotlarni mustaqil tekshirishni tavsiya qilamiz.
3. Kontakt ma'lumotlari
E'lon joylagan foydalanuvchi o'z kontakt ma'lumotlari (telefon raqami, Telegram username) e'londa ochiq ko'rinishiga rozilik bildiradi.
4. Taqiqlangan harakatlar
Soxta yoki aldov maqsadidagi e'lonlar o'chiriladi va ularni joylagan foydalanuvchi bloklanadi. Platformadan qonunga zid maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
5. Shartlarning o'zgarishi
Ushbu shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Platformadan foydalanishda davom etish yangilangan shartlarga rozilik hisoblanadi.